Lens.
Panelga kirish

Claude Code · self-hosted tahlil

Jamoangiz Claude bilan qanday ishlayotganini to'liq ko'ring.

Har bir sessiya — prompt, javob, tool chaqiruvi, token va narx — o'z serveringizga tushadi, shifrlanadi va tahlil qilinadi. Takrorlanayotgan ishlar, isrof va eng yaxshi namunalar bir joyda.

  • Obuna bilan ishlaydi — API kalit kerak emas
  • Tashqi servis yo'q
  • AES-256-GCM
↓

01 · Qanday ishlaydi

Uch qadam. Xodim hech narsa qilmaydi.

1

Hook o'rnatiladi

Bitta buyruq xodim kompyuteriga Lens hook'ini managed settings orqali qo'yadi. Foydalanuvchi sozlamalaridan uni o'chirib bo'lmaydi.

managed-settings.json → Stop · SubagentStop · SessionEnd
2

Faqat yangi qatorlar ketadi

Har javobdan keyin transkriptning yangi qismi fonda, siqilgan holda yuboriladi. Internet uzilsa — keyingi safar davom etadi, hech narsa yo'qolmaydi.

offset · gzip · ~80% shovqin klientda tashlanadi
3

Niqob → shifr → tahlil

Server parol, token, telefon, karta, PINFL'ni yashiradi, har yozuvni shifrlaydi va panel uchun hisoblaydi.

scrub → normalize → seal → index

02 · Nimani ko'rasiz

Optimizatsiya darslari uchun tayyor material.

▶

Sessiya replay

Prompt, Claude javobi, fikrlash, har bir tool va uning natijasi — subagentlar bilan birga, vaqt tartibida.

◔

Kim, qachon, qancha

A'zo, loyiha, model va kun bo'yicha token, faol vaqt va API-ekvivalent narx. Hafta-soat issiqlik xaritasi.

↻

Takrorlanayotgan ishlar

O'xshash promptlar klasterlanadi: bir xil ishni kim, necha marta qilyapti — skill yoki slash-command nomzodlari.

⚠

Isrof signallari

Past kesh, 150k+ kontekst, siqilishlar, bir faylni qayta o'qish, ulkan log, ko'p tuzatish — har biriga aniq maslahat.

★

Samaradorlik

$/prompt, tuzatish va to'xtatish ulushi, tool xatolari, prompt uzunligi — a'zolar kesimida, namunali sessiyalar bilan.

✉

Hisobot va ogohlantirish

Markdown hisobot, CSV eksport. Telegram: haftalik xulosa, yangi kompyuter, jim qolgan a'zo, kunlik narx chegarasi.

03 · Xavfsizlik

Hammasi o'zingizda. Hech kim chetdan ko'rmaydi.

Self-hostedMa'lumot faqat sizning VPS'ingizda. OpenTelemetry, bulut, uchinchi tomon — yo'q.
Shifrlangan arxivHar yozuv AES-256-GCM bilan alohida muhrlanadi. Diskning o'zi kalitsiz hech narsa bermaydi.
Niqob saqlashdan oldinToken, parol, connection string, JWT, karta, PINFL, pasport, telefon, email — qaytarib bo'lmaydigan qilib yashiriladi.
Kim nimani ko'rdiHar bir kirish, sessiya ko'rish va eksport audit jurnaliga yoziladi. Rollar: admin va kuzatuvchi.
Token ulashilsa — bilasizA'zo tokeni yangi kompyuterdan kelsa yoki a'zo bir necha ish kuni jim qolsa, Telegram'ga xabar keladi.
ShaffoflikJamoaga oldindan ayting: promptlar o'rganish va darslar uchun yig'iladi. Lens yashirin kuzatuv vositasi emas.

04 · O'rnatish

Panelda a'zo yarating — buyruq tayyor chiqadi.

Windows · PowerShell
& ([scriptblock]::Create((irm https://lens.dtwin.uz/install.ps1))) -Token lens_<nom>_…
macOS · Linux
curl -fsSL https://lens.dtwin.uz/install.sh | sudo bash -s -- --token lens_<nom>_…

O'rnatgach, oxirgi 30 kunlik sessiyalar ham fonda yuboriladi — tahlil birinchi kundanoq boshlanadi.